Nara Ikardining faoliyatiga ta’sir o'tkazishda davom etmoqda

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 13:56
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi va uning rafiqasi Vanda Nara o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, Ikardi "Yuventus"ga o'tishni istamoqda. Ammo Vanda Nara turinliklar bilan muzokaralar o'tkazishni istamay, turmush o'rtog'ini "Napoli"ga olib o'tmoqchi.

26 yoshli Ikardi o'tgan mavsum "Inter"da 37 o'yinda 17 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport