"Napoli"ga qarshi o'yindan oldin "Inter"da katta yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
2 mar 2020, 20:15
"Inter" xavbeki Viktor Mozes Italiya kubogi yarim finali doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda qatnasha olmaydi.

Milan klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlarda chap oyog'idan jarohat olgan. Nigeriyalik futbolchi yana qancha vaqtni maydondan tashqarida o'tkazib yuborishi aniq emas.

Mozes 2020 yilning qishida "Inter"ga o'tgandi. Shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida 5 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport