Italiya chempionati. Amaldagi chempion safarda chempionat peshqadamini taslim etdi

2 dek 2017, 02:45
Italiya A seriyasining 15-turida markaziy uchrashuv chempionat peshqadami “Napoli” va amaldagi mamlakat chempioni “Yuventus” o'rtasida kechdi.

Uchrashuvning 12 daqiqasida Dibalaning aniq to'p uzatishidan keyin Iguain raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va Reynani dog'da qoldirdi. Bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi va Turin superklubi principial uchrashuvda chempionatdagi asosiy raqibini safarda mag'lub etishning uddasidan chiqdi.


Napoli – Yuventus 0:1

Gol: 0:1 – 12 Iguain.

Napoli – Reyna, Albiol, Mariu Ruy (Madjo, 76), Xyusay, Kulibali, Gamshik, Jorjino, Kalexon, Allan (Zelinski, 67), Insine (Una, 76), Mertens.

Yuventus –Buffon, Kellini, Benatiya, De Shilo (Bardzali, 84), Matyuidi, Asamoa, Pyanich, Xedira (Markizio, 67), Duglas Kosta (Kuadrado, 79), Dibala, Iguain.

Ogohlantirish: Kellini (22), Mertens (45), Mariu Ruy (59).



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia