

"Napoli" Xvicha Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Italiya klubi sport direktori Kristiano Juntoli va futbolchining agenti Mamuka Jugeli yanvarda yoki undan keyinroq uchrashishni rejalashtirgan. Neapolliklar 1,2 million evroni tashkil qiluvchi gruziyalik futbolchining maoshini ikki baravar oshirish niyatida.
Yangi kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallangan. Amaldagi shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Kvaratsxeliya klubga 2022 yilning yozida Neapoldan kelib qo'shilgandi. A Seriyada 12 ta o'yin o'tkazib, 6 ta to'p kiritdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



