“Napoli” Xvicha Kvaratsxeliyaga narx qo'ydi

Khoja
9 mar 2024
“Napoli” rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaga narx belgiladi.

 Marca nashrining ma'lum qilishicha, neapolliklar Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 150 million evro so'rashmoqchi.

Ma'lumot uchun, Xvicha “Napoli”ga 2022 yilda kelib qo'shilgandi. Joriy mavsum futbolchi 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com