"Napoli" va "Roma" Auarga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
4 mar 2023, 12:45
Italiya klublari "Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarni qo'lga kiritish uchun harakatga kirishgan.

"Footmercato" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida, shartnoma muddati tugagach, francuz klubini tekinga tark etishi mumkin.

Futbolchiga "Ayntraxt", "Betis" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Auar joriy mavsum 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato