"Napoli" stadionining nomi o'zgaradi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020
Neapol shahri meri "Napoli"ning uy stadioni nomi Diego Maradona sharafiga o'zgartirilishini maulm qildi.

"Ko'plab ajoyib g'oyalar ilgari surilgandi. Yakunda stadion nomini "Stadio Diego Armando Maradona" deb o'zgartirishga qaror qildik. Shuningdek, "Stadio Komunale Diego Maradona" va "Arena Diego Maradona" variantlari ham ko'rib chiqildi", - dedi mer.

Hozirda stadion nomini o'zgartirishning hujjatli ishlari davom ettirilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal