"Napoli" "Sassuolo" xavbekiga shartnoma taklif qildi

Alisher
24 yanv 2021, 23:00
"Sassuolo" xavbeki Jeremi Boga "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Neapolliklar o'yinchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor, klub o'yinchining o'ziga 5 yillik shartnoma taklif qiladi.

Oldinroq, 23 yoshli ivuarlik futbolchining "Chelsi"ga qaytishni xohlayotgani borasida xabarlar yangragan edi.

Boga joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport