“Napoli” – “Sampdoriya”. Gamshik o'yinda ishtirok etishi mumkin

25 dek 2013, 10:29
“Napoli” yarim himoyachisi Marek Gamshik, jarohatidan tuzalganini aytib o'tdi.

“Jarohat og'ir emasdi, shu sababli tuzalish jaroyoni tezroq kechdi. Kundan-kunga ahvolim yaxshilanib borayapti. Fikrimcha, yangi yildan so'ng bo'ladigan “Sampdoriya”ga qarshi birinchi o'yinda maydonga tusha olaman”, - deydi slovakiyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Gamshik Italiya chempionati doirasida “Parma”ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olgan edi.

Ta'kidlab o'tamiz, “Napoli” – “Sampdoriya” bahsi 6 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Manba: sports.ru