"Napoli" rahbariyati o'zining eng yaxshi to'purarini qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
16 noya 2021, 17:15
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen hozirda yaxshi formaga kirib olgan.

Neapolliklar 60 million evroga xarid qilgan futbolchiga "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ammo, klub uni qo'yib yubormoqchi emas. Jamoa rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirmoqchi va mish-mishlarga barham bermoqchi.

22 yoshli forvard joriy mavsum "Napoli" tarkibida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport