"Napoli" Osimxen bilan kelisha olmayapti

Mirjalol Normatov
24 iyun 2023, 21:12
"Napoli" rahbariyati hujumchi Viktor Osimxen bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, klub prezidenti Aurelio De Laurentis futbolchining agenti Roberto Kalendo bilan muzokaralar olib borgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmagan. Futbolchiga neapolliklar tomonidan taklif qilinayotgan maosh maqul kelmagan.

Tomonlarning muzokaralari davom etmoqda. Agarda futbolchi va klub kelishuvga erisha olmasa, "Napoli" nigeriyalikni 150 mln evroga sotishga tayyor bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia