"Napoli" MYU himoyachisini ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
1 yanv 2021, 01:34
"Napoli" "Manchester Yunayted" bilan himoyachi Aksel Tuanzebening ijarasi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Italiya klubi himoyachining mavsum oxirigacha bo'ladigan ijarasi uchun 400 ming evro to'lashga tayyor turibdi. Ayni damda Aksel ijara asosida "Aston Villa"da o'ynamoqda.

U ushbu mavsum 9 o'yinda o'ynadi. Birmingemda ham asosiy tarkib futbolchisi sanalmayotgani uchun futbolchining o'zi ham A Seriyaga ketishga tayyor turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano