"Napoli" Maradona xotirasiga bag'ishlab, Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
30 noya 2021, 17:29
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Argentina terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etish borasida ish ketayogani haqida gapirdi.

"Biz Tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo va Argentina elchisi bilan birga 2022 yilning 24 may kuni o'rtoqlik o'yini tashkil etish bo'yicha ish olib bormoqdamiz. 

Shu yerda, Neapolda "Napoli" va Argentina terma jamoasi o'rtasida o'yin o'tkaziladi. Biz bu bahsga "Maradonaning ilk kubogi" deb nom beramiz", - dedi De Laurentis. 

Eslatib o'tamiz, Maradona faoliyatining asosiy qismini "Napoli"da o'tkazgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia