

Italiya jamoasi 27 yoshli slovakiyalik futbolchi bilan yana 4 yil hamkorlik qilish bo'yicha bitim tuzishga yaqin turibdi. Shuningdek, yangi shartnomani yana bir yilga cho'zish imkoni ham mavjud bo'ladi. Ikki tomon o'rtasida rasmiy bitim okyabr oyi oxiri va noyabr oyi boshi orasida bo'lgan muddatda tuziladi. Shunga qadar boshqa tafsilotlar ham oydinlashadi.
2020 yilda "Napoli" a'zosiga aylangan Lobotka joriy mavsum jamoasi safida 14 ta o'yinda maydonda harakatlandi va 2 bor samaradorlik ("1+1") namoyish etdi.



