"Napoli" "Lill"ning ikki futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashi mumkin
30 iyun 2020, 22:53
Transferlar bo'yicha ekspert Manu Lonjona xabariga ko'ra, "Napoli" rahbariyati Fransiyaning "Lill" klubidan 2 nafar futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Bitimning umumiy qiymati 100 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Manbada takidlanishicha, hujumchi Viktor Osimxenning transferi 70 mln evro, braziliyalik himoyachi Gabriel Mangalyayns 30 mlnga baholangan.