"Napoli" "Inter" xavbekini nishonga oldi

Alisher
27 noya 2020
"Inter" yarim himoyachisi Matias Vesino faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Klub va 29 yoshli urugvaylik futbolchining agenti transfer borasida muzokaralar olib bormoqda, o'yinchining o'zi ham klubini o'zgartirishga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, Neapol klubi o'yinchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga oladi. Milanliklar Vesino uchun 18 million evro ishlab olmoqchi.

Urugvaylik futbolchi joriy mavsum hali maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio