“Napoli” Gattuzo bilan shartnomani uzaytirmoqchi

7 mar 2020, 01:16
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan uchrashdi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Maricioning xabar berishicha, uchrashuv juda yaxshi atmosferada kechgan.  Unda “Napoli”ning keyingi o'yinlari muhokama qilingan. Undan tashqari jamoa prezidenti va murabbiyi bir qator futbolchilar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida fikr almashishgan.

Jamoa prezidenti shuningdek, Gattuzoni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan. Murabbiyning amaldagi shartnomasi joriy yilning iyunida yakuniga etadi. Agar “Napoli” keyingi mavsum uchun YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, shartnoma avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirlishi haqida band bor. 

Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro hamjihatlikda ishlashdan mamnun ekanliklarini izhor etishgan. Keyinroq murabbiyning amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida yana bir uchrashuv o'tkazilishi kutilmoqda.

“Napoli” ayni paytda Italiya A seriyasida 26 turdan keyin 39 ochko to'plab, 6-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Журналист Жанлука ди Марцио сайти