"Napoli" futbolchisini uyi yaqinidagi bezorilar to'nab ketishdi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2021, 22:59
Futbolchi o'yi yaqinida bezorilarga uchradi.

"Napoli" yarimhimoyachisi Adam Unasni uyi yaqinida to'nab ketishdi.

Corriere del Mezzogiorno nashrining xabar berishicha, futbolchi mashg'ulotlardan qaytishini noma'lum shaxslar kutib turishgan. Ikki bezori Unasni garajiga olib kirishadi va qo'llarini bog'lashadi. Shundan so'ng, undan qimmatbaho buyumlar va pul talab qilishgan. Yakunda jinoyatchilar 5000 evrolik tilla zanjirni qo'lga kiritishga erishganlar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere del Mezzogiorno