"Napoli" futbolchisini 100 million evro evaziga PSJga qo'yib yuborishga tayyor

Alisher
15 iyun 2019, 15:10
"Napoli" hujumchi Lorenco Insineni PSJga sotib yuborishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, neapolliklar rahbariyati futbolchini 100 million evroga baholashmoqda. Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomani yangilashi ham ehtimoldan holi emas.

28 yoshli futbolchi "Napoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U turli yillar mobaynida "Kavese", "Foggiya" va "Peskara" klublarida ijara asosida to'p tepgan.

2012 yildan esa Italiya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

Futbolchi joriy mavsum "Napoli" va Italiya terma jamoasi safida 48ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 6ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport