"Napoli" futbolchisi uchun 120 million evro talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
29 sen 2021, 23:51
"Napoli" forvardi Viktor Osimxen top-klublar qiziqishlari doirasida.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, hujumchi "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Real" va PSJ kabi klublarning e'tiborida bo'lib turibdi. Neapolliklar esa futbolchisining transferi uchun 120 million evro talab qilmoqda. 22 yoshli futbolchining klubi bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar davom etadi.

Ayni damda Osimxen klubda eng ko'p maosh olayotgan futbolchilardan hisoblanadi. U yiliga 4,5 million evro maosh olmoqda. U "Napoli" tarkibida so'nggi 4 o'yinda 6 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport