“Napoli”, “Fiorentina” va “Lacio” klublari Morataga da'vogarlik qilishmoqda

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 16:18
“Real” klubi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning bir nechta klubi qiziqish doirasiga kirib qoldi.

Madrid klubi futbolchisini “Napoli”, “Fiorentina” va “Lacio” klublari o'z saflariga qo'shib olishmoqchi, deb xabar beradi Itasportpress. Manbaning xabariga ko'ra, ushbu klublar hujumchini qishki transfer oynasi davomida sotib olmoqchi va Morataga “Real”dan ko'ra ko'proq o'yin vaqti ajratishga vada berishayapti.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru