"Napoli" Ferran Torres bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
10 iyun 2020, 12:50
"Valensiya" hujumchisi Ferran Torres "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Neapolliklar ispaniyalik vinger bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi va "Valensiya" bilan muzokaralar boshlab yuborilgan. Italiya klubi ispan klubining futbolchi uchun talab qilayotgan narxini so'ragan.

Torresning "Valensiya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

20 yoshli o'yinchi joriy mavsum "ko'rshapalaklar" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca