"Napoli" yetakchilaridan biri safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 10:20
"Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen jarohati sabab yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi, deb xabar berdi neapolitanlar klubi rasmiy sayti.

Futbolchiga o'ng son paylari shikastlangani tashxisi qo'yilgan. U Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi o'yinda (4:1) jarohat olgandi. Futbolchining tiklanish davri taxminan besh haftani tashkil qiladi.

23 yoshli Osimxen joriy mavsum "Napoli" safida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sscnapoli.it