"Napoli" Enrikeni o'z safiga qo'shib oldi

29 yanv 2014, 12:05
Qishgi transfer darchasining so'nggi kunlarida Italiyaning "Napoli" klubi "Palmeyras" himoyachisi Enrike bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqida futbolchining agenti Markos Malakias ma'lum qilmoqda.
"Bu hamma tomon uchun ham yaxshi taklif bo'ldi. Enrike "Palmeyres"ni tark etishni istamaganiga qaramay, italiyaliklar taklif qilgan 4 million evro, bizni qoniqtiradigan narx bo'ldi", dedi agent.

Takidlab o'tish kerakki, Enrike avval ham Yevropa klublarida o'ynagan. 2008 yilda uni "Barselona" sotib olgandi. Keyinroq u "Bayer" va "Rasing"da ijara asosiyda to'p tepdi.

Manba: soccer.ru