"Napoli" darvozaboni "Milan"ga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2018, 14:22
"Napoli" darvozaboni Pepe Reyna yozda "Milan" futbolchisiga aylanadi.

35 yoshli posbon rossonerlar bilan 2 yillik shartnoma tuzishga tayyor. Uning yangi klubidagi yillik maoshi 2 mln. evro bo'ladi.

Reyna "Milan"da zaxira darvozaboni bo'lishga rozi.

Joriy mavsum Reyna A Seriyaning 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 15ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport