"Napoli" bugun katta transferni amalga oshiradi

Alisher
28 iyul 2020, 10:44
"Lill" hujumchisi Viktor Osimxen "Napoli"ga o'tishga yaqin.

Italiya klubi 21 yoshli nigeriyalik futbolchining transferini bugun ertalab amalga oshirishi kutilmoqda.

"Lill" Osimxen uchun bonuslardan tashqari 50 million evro mablag' oladi.

"Napoli" o'yinchi bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Uning Neapoldagi yillik maoshi 4,5 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com