"Napoli" bosh murabbiyini iste'foga chiqarmoqchi

Mirjalol Normatov
26 sen 2023
"Napoli" rahbariyati ushbu mavsumdagi qoniqarsiz natijalar sababli bosh murabbiy Rudi Garsiyani iste'foga chiqarmoqchi.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Garsiyaning o'rniga "Marsel" sobiq ustozi Igor Tudor hamda PSJ sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.

"Napoli" ushbu mavsumda Italiya chempionatining 5 o'yinidan keyin 8 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Ushbu yozda Garsiya bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport