Nani: "Modrich kuchli uchlikka ham loyiq emasdi"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 19:56
Portugaliya termasi yetakchisi Nani "Oltin to'p" sovrini Luka Modrichga topshirilgani haqida gapirdi.

"Modrich kuchli uchlikda ham bo'lmasligi kerak edi deb hisoblayman. To'g'ri, u o'z poziciyasida dunyoning eng zo'ri. Biroq bu u "Oltin to'p"ga loyiq degani emas. U Ronaldu, Messi yoki Neymar emas.

Sovringa Ronaldu ega chiqishi kerak edi. Krishtianu kabi dunyoning eng zo'rlari o'z jamoalariga katta yordam beradi. U Modrich bilan bir jamoada edi. Endi esa "Yuventus"da rekordlardan o'zmoqda", - dedi Nani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports