Nani: "Fenerbaxche" muxlislariga o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsatmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2015, 10:16
"Fenerbaxche"ning yangi yarim himoyachisi Luish Nani Istambulda jurnalistlarga intervyu berdi.

"Bu yerda ekanligimdan xursandman. Ushbu klub faoliyatimni davom ettirish uchun yaxshi variant. Meni ko'rishga juda ko'p muxlislar kelganidan mamnun bo'ldim. Ularga o'zimning eng yaxshi o'yinimini ko'rsatmoqchiman. Doimo o'zim o'ynaydigan jamoaga maksimum foyda keltirishga urinaman.

"Fenerbaxche"da o'ynaydigan Bruno Alvesh va Raul Meyreleshlar bilan yaxshi tanishman, ular bilan terma jamoada o'ynayman. Yangi ligaga ko'nikib ketman deb o'ylayman" - deydi Nani.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com