Namanganda yosh hakamlar ishtirokida seminar bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 11:38
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun Namangan shahrida yosh hakamlar uchun bir kunlik seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Andijon, Farg'ona va Namangan shahridagi yosh hakamlar ishtirok etishdi. Seminarni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasidan tashrif buyurgan mutaxassislar Baxtiyor Namozov va Vladislav Seytlin olib borishdi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad vodiylik yosh hakamlar malakasini oshirish va ularni Superliga o'yinlarini boshqarishga tayyorlashdan iborat.

Bunday seminarlar yurtimizning barcha viloyatlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com