Namanganda murabbiylar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 may 2018, 08:12
Respublikamiz murabbiylar kasbiy mahoratini oshirish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan navbatdagi seminar bugun Namanganda boshlandi.

Avvalroq bunday seminarlar Andijon, Samarqand, Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlarida o'tkazilgandi.
Seminarni Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi 1-vice prezidenti Bahrom Xolmirzaev ochib berdi. Shundan so'ng viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Shokirjon Qoraboev so'z olib, murabbiylarga seminar mazmun mohiyati haqida ma'lumot berdi. Seminarga rahbarlik qilayotgan O'FA bo'lim boshlig'i Shavkat Imamov so'zga chiqib, murabbiylarni tayyorlashni yangi tizimi ishlab chiqilgan bo'lib ularni malakasini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirlayotganligini etirof etdi.


Seminar davomida Shavkat Imamovga hamrohlik qilayotgan OFK yo'riqchisi Dmitriy Kim ham so'zga chiqib, talabga javob bermagan murabbiylarni ma'lum vaqtga faoliyatdan chetlashtirish haqida aytib o'tdi.

Bunday seminarlar butun respublikamiz bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com