Naldo “Shalke” bilan shartnomasini uzaytirdi

18 okt 2018, 00:45
Goal nashrining habar berishicha, “Shalke” himoyachisi Naldo klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

36 yoshli qariya futbolchi klub bilan 2020 yilgacha hamkorlikni davom ettiradigan bo'ldi. Uning amaldagi shartnomasi esa kelasi yilning iyun oyida yakuniga yetishi kerak edi.

Qayd etish kerak, 2016 yil “Volfsburg” jamoasidan “Shalke”ga o'tgan braziliyalik shu paytgacha nemis klubi safida 53 marta maydonga tushdi va 8 marotaba darvozani aniq nishonga oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal