Nainggolanning rafiqasi saratonga uchradi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolanning rafiqasi Klaudiya Nainggolan saraton kasaliga uchraganini ma'lum qildi.

"So'nggi oylar davomida men umid bilan uyg'onyapman. Bu daxshat va men shunday daxshatlar bilan birga yashayapman. Bu kunlar biroz kechroq kelishini kutgandim. Ammo mening baxtli kunlarim va xursandchiliklarim yakunlandi.

Bugundan e'tiboran hayotimda yangi yo'l ochildi. Kimyoterapiya. Endi yig'lashdan biroz to'xtab, bu lanatiga qarshi kurashish kerak", - deb yozadi Klaudiya.

2011 yilning 3 may kunida Raja va Klaudiya turshush qurishgan. Hozirda juftlikning ikki nafar qizi bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal