Nainggolan: "Xitoy variantidan voz kechdim, hayot pul bilan o'lchanmaydi"

Eldor Akmurzayev
7 sen 2019, 00:25
Joriy mavsum oxirigacha Kalyarida ijara asosida harakat qiladigan Inter yarim himoyachi Raja Nainggolan Xitoy klublariga nega o'tmagani haqida aytdi.

Xitoy variantidan voz kechdim, hayotda ko'p narsalar pul bilan o'lchanmaydi. Ertami-kech Sardiniyaga qaytishim kerak edi. Bu yerda bo'lishim – men uchun tatildek gap. Bu yerda mening rafiqam, yaqinlarim bor. Bu yerda meni yaxshi ko'rishardi, jamoa esa xuddi oilamdek. Joriy yil biz uchun asosiy bo'lishi zarur. Kalyari bir qadam oldinga tashlashi va barchasi o'zgartirishi kerak, – deya qayd etgan 31 yoshli xavbek. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football-italia.net