Nagelsmann Shupo-Motingga ishonadi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023
Futbolchi myunxenliklar klubi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann hujumchi Erik Shupo-Motingga umid bog'lashini aytdi.

"Bir yarim yil davomida u har doim ham to'liq mashq qila olmadi. Ammo hozir muntazam o'ynayapti, jismoniy tayyorgarligi yaxshi darajada. U doimo raqib darvozasi oldida xavf tug'diradigan juda yaxshi futbolchi. Va bizning jamoada uni yaxshi ko'rishadi, bu har doim muhim. Agar sizni yaxshi ko'rishsa, pas berishadi.

Albatta, biz u bilan muzokara olib borayotganimiz va shartnomani uzaytirishga harakat qilayotganimiz ajoyib. Men unga, agar u xuddi shunday qattiq ishlashda davom etsa, mavsumning ikkinchi qismida muhim rol o'ynashini aytdim", – dedi mutaxassis.

Avvalroq "Bavariya" Shupo-Motingni saqlab qolish niyatida ekanligini ma'lum qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker