Nagelsmann: "Bazi klublarda vaqt berishadi, Klopp "Liverpul"ni 5 yilda chempion qildi, Pepga CHL uchun 7 yil kerak bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2024, 15:43
Yulian Nagelsmann "Bavariya"da ishlagan davri haqida gapirib berdi.

- 33 yoshingizda "Bavariya"dan taklif olganingizda bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarmaslik haqida o'ylagan bo'lsangiz kerak. Ammo bor-yo'g'i 21 oydan so'ng sizni ishdan bo'shatishdi. Bunday yirik klubga juda erta kelib qoldim deb o'ylamaysizmi?

- Yo'q.

- Nega mavsum o'rtasida sizni iste'foga chiqarishdi?

- O'shanda Dortmundning "Borussiya"sidan 9 ochkoga ortda qolayotgandik. Tezda boshqa murabbiy topildi, Tomas Tuxel. Hammasi shunday bo'lgan.

- Siz "Bavariya" bilan 5 yillik bitimga imzo chekkansiz va klub bilan nimadir qurishingiz kerak edi. Qayerda xatolik bo'ldi?

- Men "Bavariya"ga vaziyatni o'zgartirish uchun kelgandim. Bazi klublarda vaqt berishadi. Yurgen Klopp "Liverpu" bilan chempion bo'lishi uchun 5 yil ketdi. Pep Gvardiola 7 yil o'tib "Siti" bilan Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi

Biror narsani rivojlantirish uchun "Bavariya" murabbiylariga ko'p vaqt berilmaydi" - deydi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany