Nacho: "Zidan men kabi muammolar tufayli o'zgarmaydi"

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017, 11:20
"Real" himoyachisi Nacho jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Omadimiz kelgan: O'tgan mavsumda jamoani Zidan boshqardi va biz Chempionlar ligasida g'olib bo'ldik. Ammo bunga katta mehnat sabab bo'ldi. Zidan ajoyib muhit yaratdi va kerakli o'sishga erishdi. Murabbiy munosib ishlamoqda. Zidan menga inson sifatida yoqadi: U men kabi muammolar tufayli o'zgarmaydi. Murabbiymiz futbolchilarga yaqin va bu jamoa uchun juda muhim" - deydi Nacho.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА