Nacho: "Real" "Atalanta"ga ko'proq gol urishni xohlagan edi"

Alisher
25 fev 2021
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes CHL 1/8 final "Atalanta"ga qarshi dastlabki o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Qaymoqranglilar" 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi va Ferlan Mendi gol urdi. Italiyaliklar 17-daqiqada Remo Froyler chetlatilganidan so'ng kamchilik bo'lib qolishgandi.

"Real" urdi va o'tkazib yubormadi, bu yaxshi natija. To'g'risi aytganda, biz ko'proq gol urishni xohlagan edik", - deydi Fernandes.

"Real" va "Atalanta" o'rtasidagi javob o'yini 16 martda Madridda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com