Myunxendan reportaj: "Bavariya" birinchi chempionligiga 50 yil to'ldi

Aslanov Jasurbek
4 may 2019, 19:05
"Gannover" hamda "Bavariya" o'rtasidagi Bundesliganing 32-tur o'yinidan oldin maxsus tadbir o'tkazildi.

Nemis grandi bundan 50 yil oldin - 1968/69 mavsumda o'z tarixida birinchi marta Germaniya chempionati g'olibiga aylangan. O'sha mavsum "Bavari" butun mavsumni deyarli bitta tarkib bilan o'tkazgan: Mayer, Kupfershmidt, Bekkenbauer, Shvarcnbek, Pumm, Olk, Starek, Rot, Olxauzer, Myuller, Brenninger. 1968/69 mavsumda nemis grandi Chempionlar kubogida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va jamoada murabbiy o'zgardi. Myunxen klubining yangi ustozi Udo Lattek tez orada butun Yevropani zabt yetishga muvafaq bo'ldi. U "Bavariya"ga Paul Braytner va Uli Xyonessni taklif qilgan edi.

Bundan tashqari o'sha yili mamlakat Kubogi ham myunxenliklarga nasib etgan edi. "Bavariya" ushbu sanani nishonlash uchun shu tarkibda chempion bo'lgan futbolchilarni "Alyanc Arena"ga taklif qildi. Tadbirda saytimiz xodimi Miron Goexman ham ishtirok etdi.


Miron Goexman Championat.asia sayti uchun maxsus

Myunxen, Germaniya

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia