MYUning to'rt asosiy futbolchisi navbatdagi bahsda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2017, 17:12
"Manchester Yunayted"ning to'rt asosiy futbolchisi "Byorton Albion"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya liga Kubogining 3-raund o'yinida ishtirok etmaydi.

Bu haqda mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo ma'lum qildi.

"Yo'q, men 11ta o'zgarish qilmoqchi emasman, biroq to'rt futbolchiga 2 kunlik damo olish imkoniyatini berdim. Ular kimlar? David de Xea, Antonio Valensiya, Matich va Beyi. Bu futbol, bugun ular dam olishadi, biroq agar keyingi raundga chiqsak, bu yigitlar o'ynashi mumkin, qolganlarga esa dam olishga imkon beraman" - deydi Mourinyo.

"Manchester Yunayted" - "Byorton Albion" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News