MYUning ikki muhim futbolchisi jarohatidan qutildi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2018, 12:33
Oldinroq jarohat olgan "Manchester Yunayted" futbolchilari Antonio Valensiya va Nemanya Matich tez orada jamoa tarkibida Angliya Premer-ligasi o'yinlarida maydonga tushishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ikkala futbolchi ham "qizil iblislar" mashg'ulotiga qaytishdi.

"Manchester Yunayted" APLning 2-turidan so'ng turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. "Qizil iblislar"ning navbatdagi o'yini 27 avgust kuni "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror