

"Jamoamizning xarakterini ko'rsatganidan mamnunmanmi? Bu o'yindan olgan eng muhim narsa shu bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi marta tanaffus oldidan hisobda ortda qolgan vaziyatga tushdik. Chunki o'yin boshida biroz ritmdan chiqib qoldik, raqib esa yaxshi hujumlar tashkil qilishdi.
Taxminan 20 daqiqadan keyin o'yin bizning foydamizga o'tdi, birinchi taymni ancha ishonchli yakunladik. Tanaffusda shunday vaziyatlarda qanday javob berish, kuch va o'ziga ishonchni ko'rsatish haqida gaplashdik. Futbol bazida qiyin bo'ladi, bu liga ham oson emas, hamma narsa xohlagandek bo'lavermaydi, lekin ikkinchi taymda qaytib kelib, o'yinni o'z foydamizga burib olishimiz men uchun eng muhimi", - dedi MYU ustozi.



