MYUni tark etadigan futbolchilar ro'yxati ma'lum bo'ldi

15 iyul 2020, 09:03
Manchester klubi bir qator futbolchilari bilan xayrlashadi.

MYU maoshlar hajmini kamaytirish uchun bir necha futbolchisi bilan xayrlashishga qaror qildi. Jumladan, transferga qo'yiladigan futbolchilar ro'yxatida Markos Roxo, Aleksis Sanches, Diogu Dalot, Kris Smolling, Jessi Lingard va Fil Jons bor. Eslatib o'tamiz, Smolling va Sanches ayni damda ijara asosida A Ceriya klublari safida harakat qilmoqda.

“Yunayted” ushbu futbolchilar transferidan tushgan mablag'ni Jeydon Sanchoni sotib olish uchun sarflaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telegraph