Myuller va Xummels Germaniyaning Evro uchun qaydnomasidan o'rin oldi. Ular 2018 yildan beri jamoada o'ynashmagandi

Alisher
19 may 2021, 16:52
Yoaxim Lyov boshchiligidagi Germaniya terma jamoasi murabbiylar shatbi Evro-2020 uchun tarkibni e'lon qilishdi.

26 o'yinchidan iborat tarkibda "Borussiya" (Dortmund) himoyachisi Mats Xummels va "Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller o'rin oldi. Ular milliy jamoada 2018 yilning noyabridan beri o'ynashmagandi.

Qaydnomadan shuningdek Angliyadan Germaniyani afzal ko'rgan "Bavariya"ning 18 yoshli o'yinchisi Jamal Musiala ham o'rin olgan.


Darvozabonlar: Bernd Leno, Manuel Noyer, Kevin Trapp;

Himoyachilar: Mattias Ginter, Robin Gozens, Kristian Gyunter, Marsel Xalstenberg, Mats Xummels, Lukas Klostermann, Robin Kox, Antonio Ryudiger, Niklas Zyule;

Yarim himoyachilar/Hujumchilar: Emre Djan, Serj Gnabri, Leon Goretcka, Ilkay Gyundogan, Kay Xavertc, Yonas Xofman, Yozua Kimmix, Toni Kroos, Tomas Myuller, Jamal Musiala, Florian Noyxaus, Leroy Sane, Kevin Folland, Timo Verner.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dfb.de