Myuller: "Qirol bo'lishni istaymiz"

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 14:05
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller YCHL finali doirasida PSJga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tarixiy g'alabani qo'lga kiritish yo'lida jiddiy qadam tashlash uchun ishtiyoqimiz yuqori. Kichik davr mobaynida biz uchinchi sovrinni qo'lga kiritishimizga ishonyapman. "Bavariya"ning ko'plab futbolchilari uchun ilk trebl bo'lishi mumkin.

PSJ tarkibida individual jihatdan kuchli futbolchilar ko'p. Ular oldingidan ko'ra anchagina kuchayishgan. Biror futbolchini ushlab turish qiyin bo'ladi. Biroq bizda Noyer bor.

O'zimizga ishonamiz va bugungi o'yinga yuqori kayfiyat bilan tashrif buyuramiz. So'nggi qadamni tashlash qoldi holos.

Bu ajoyib final bo'ladi. Ikki ajoyib jamoa. YCHLni yutib, Yevropa qiroli bo'lishni istaymiz", - dedi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal