Myuller: "Leyptsig" bilan bahsda faqat 3 ochko hal bo'lmaydi"
Aslanov Jasurbek
21 dek 2016, 12:43
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerning so'zlariga ko'ra, "Leyptsig"ga qarshi Bundesliganing 16-tur uchrashuvi katta ahamiyatga ega.
"Leyptsig"ga qarshi bahsda faqat 3 ochko masalasi hal bo'lmaydi. Bu butun Germaniya uchun ajoyib uchrashuv. Agar g'alaba qozonsak, bu o'yin "Bavariya" uchun ham zo'r bahs bo'ladi" - deydi Myuller.