

"Oxir-oqibat biz bunga erishdik. Bu o'yinda ko'p narsa bo'ldi. Bizda shunday tashnalik, g'alaba qozonish istagi borligini ko'rdingiz. Biz uchun ajoyib start bo'ldi. O'yin shunday kechdiki, hammasi ish berdi. Ammo tanaffus oldidan gol o'tkazib yuborsangiz, vaziyat o'zgaradi. Qizil kartochka bizga kuch qo'shmadi, albatta. To'rtinchi gol juda muhim edi.
Biroq men kuchayish uchun imkoniyat ko'ryapman. Xullas, g'alaba qozondik, o'ylaymanki, bunga to'la haqli edik. Uyga yaxshi kayfiyatda qaytamiz, musobaqa jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldik. Endi olg'a qadam bosamiz – qiziqarli haftalar hali oldinda", – dedi Myuller.
Oldinroq Myuller "Bavariya"da o'tkazilgan o'yinlar bo'yicha Gerd Myullerning rekordini takrorlagan edi.



