

"Bavariya" so'nggi yillarda PSJning kuchini yaxshi bilib oldi. Ular bilan YCHLda bir necha marta duch keldik va bizni nimalar kutayotganini bilamiz. Ha, ushbu bosqichda biz bunday raqib bilan o'ynashga o'rganmaganmiz, ammo futbol barcha uchun topishmoq bo'lib kelmoqda. Ularning Fransiya chempionatidagi o'yinlarini kuzatmoqdamiz, raqibning hujum triosi haqida etarlicha ma'lumotni bilamiz.
Afsus, ushbu bosqichdayoq bosh sovrinni ko'zlayotgan bir jamoa turnirni tark etadi. Ishonaman, "Bavariya" keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Muxlislar ushbu bahslarni sabrsizlik bilan kutishmoqda", - dedi Myuller.



