MYUga qarshi YCHL o'yinidan oldin "Bazel" futbolchilari va murabbiyi mashg'ulotga velosipedda kelishdi FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
22 noya 2017, 19:31
Bugun Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasi 5-turiga yakun yasaladi.

"A" guruhida peshqadamlik qilayotgan Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi Shveytsariyada "Bazel" mehmoni bo'ladi. Kecha mezbonlar uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi. Qizig'i, "Bazel" futbolchilari va bosh murabbiyi mashg'ulotga velosipedlarda kelishdi.

YCHL
"A"
guruhi, 5-tur
"Sankt-Yakob Park" stadioni
23.11.2017, 00:45
"Bazel" - "Manchester Yunayted"

"Bazel"ning portugaliyalik himoyachisi Pedro Pacheko (chapda) va shveytsariyalik himoyachisi Maykl Lang (o'ngda) boshqa sheriklari bilan birga mashg'ulotga kelishmoqda.

"Bazel"ning shveytsariyalik forvardi Neftali Manzambi (27-raqam) boshchiligidagi guruh ham klub bazasiga qarashli maydonda o'tkazilgan mashg'ulotga yetib kelmoqda.

Bunisi kim bo'ldi ekan-a?

Yuqoridagi suratda kim ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu - shveytsariyalik Manuel Akanji (o'ngda).

"Bazel" bosh murabbiyi Rafael Viki janoblarining o'zlari ham huddi o'yinchilari kabi mashg'ulotga velosipedda keldi.

Mashg'ulotga ikki oyoqli ulovda kelish futbolchilarga yoqib tushganini ularning tashqi ko'rinishidan payqab olish qiyin emas.

Jamoa yarim himoyachisi Renato Steffen.

Shveytsariyaliklar himoyachisi Maykl Lang.

"Bazel" ustozi Rafael Viki jamoasini pley-offga olib chiqmoqchi bo'lsa, bugun MYUdan ochko tortib olishi kerak.



GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia