MYUdagilar ten Xagni Keynni sotib olishga ko'ndirishdi, ammo...

Aslanov Jasurbek
3 apr 2023, 21:16
Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ga Xarri Keynni olib kelishga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar jamoa bosh murabbiyini "Tottenxem" futbolchisi Keynni sotib olish eng to'g'ri yo'l ekanligiga ishontirishgan.

MYU "Tottenxem" bilan uzoq vaqt davomida muzokaralar o'tkazishni xohlamayapti. Keyn hozircha joriy mavsum haqida o'ylayapti va kelajak borasidagi qarorni keyinroqqa qoldirgan.

Keynning ketishi "Tottenxem" rahbari Daniel Levi uchun uning imijiga berilgan kuchli zarbaga aylanishi mumkin. Bazi manbalarning xabar qilishicha, prezident Keynni qo'yib yubormoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic